O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KINOFOTOFONO HUJJATLARI

MARKAZIY DAVLAT ARXIVI


   

"Turli muassasa hujjatlarini yig’ish, ularni qimmatdorligini aniqlash" bo’limi O’zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlari Markaziy Davlat arxivining tarkibiy bo’linmasidir.    Mazkur bo’lim o’z faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasi "Arxiv ishi to’g’risida"gi, "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida"gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O’zarxiv" agentligining yo’riqnomalari, qoidalari, buyruqlari va ko’rsatmalari, O’zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy Davlat arxivining Nizomi, O’zbekiston Respublikasi davlat arxivida kino, surat, ovozli hujjatlar va videofonogrammalar bilan ishlashning asosiy qoidalari, boshqa normativ hujjatlar va mazkur Nizomga amal qiladi.   

   Bo’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 - idoraviy saqlovdagi kinofotofono hujjatlarini jamlash, qimmatdorligini ekspertiza qilish;

 - tashkilot hamda  fuqarolardan  kino, foto, fono hujjatlarni ajratib olish va ularni davlat saqloviga qabul qilish uchun ishlarini bajarish;

- idoraviy arxiv hodimlariga me’yoriy hujjatlar asosida amaliy hamda uslubiy yordam ko’rsatish.

   Bo’limning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

- idoraviy saqlovdagi kino, foto, fono hujjatlarni takomillashtirish, ajratish, qimmatdorligini ekspertiza qilish va davlat saqloviga qabul qilish bo’yicha takliflar berish;

- arxiv ishini rivojlantirish bo’yicha bo’limning yillik reja loyihalari, bajarilgan ishlar bo’yicha hisobotlar, reja asosida bajarilgan topshiriqlar hisoboti                                                                               hamda tashhislarini ishlab chiqish;

-"O’zarxiv" agentligi MITEK, arxivning Ekspert-tekshiruv va uslubiy komissiyasi, direksiya yig’ilishlarida ko’rib chiqish uchun ma’lumotlar tayyorlash hamda yig’ilishlarda ishtirok etish;

- bo’lim yo’nalishiga oid ilmiy-tadqiqot matn va uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish;

- bo’lim faoliyatiga oid uslubiy qo’llanmalar va ilmiy tekshirish ishlarini o’rganish hamda ish amaliyotida qo’llash;

- bo’lim faoliyati jarayonida MAFga ta’lluqli, kino, foto, fono hujjatlar yaratiladigan korxona, tashkilotlar va muassasalarni aniqlash hamda  jamlash manbai ro’yxatini tuzish;

- tashkilotlar  va jismoniy shaxslardagi  kino, foto, fono hujjatlarini ajratib olish va davlat saqloviga qabul qilishni tashkillashtirish bilan birga shaxsiy kelib chiqish hujjatlarini ro’yhatdan o’tkazish;

- arxiv fondida saqlanayotgan  kino, foto, fono hujjatlarini qimmatdorligini aniqlash, mazkur hujjatlarni natijasini rasmiylashtirish;

-idoraviy arxiv faoliyati haqida hisobotlar olish va olingan ma’lumotlar bo’yicha tahlil qilish;

- kino, foto, fono hujjatlari  bilan ishlashda ekspert  komissiyasi nizomi, uslubiy va boshqa  qo’llanmalar ishlab chiqishda, shuningdek hujjatlarni  jamlash, qimmatdorligini  aniqlash  hamda davlat arxiviga topshirishga tayyorlashda idoraviy arxivlarga uslubiy va amaliy yordam ko’rsatish;

- tashkilotning  ekspert  komissiyasi  hamda idoraviy arxivi  faoliyatini  nazorat qilish maqsadida  yalpi va uslubiy  o’rganishlar o’tkazish;

 -  arxivning vakili sifatida YEKning yig’ilishlarda ishtirok etish;

 - idoraviy arxiv hamda ekspert komissiyasi  faoliyatiga ta’lluqli  seminar va yig’ilishlarda, idoraviy arxiv hodimlarining malaka oshirish tadbirlarida ishtirok etish;

- bo’lim bajaradigan ish turlarining vaqt  bo’yicha namunaviy me’yorini  ishlab  chiqish  ishtirok etish.

 Bo’limning huquqlari quyidagilardan iborat:

- bo’limning ish faoliyatiga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni  tashkilot va arxiv mudirlaridan so’rash;

- arxiv rahbariyatiga kinofotofono hujjatlar jamlash va qimmatdorligini aniqlash ishlarini yahshilash, idoraviy saqlovini takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritish;

  - hujjatlarini jamlash va qimmatdorligini aniqlashda hamda idoraviy arxivlarda uchragan tartibuzarliklar haqida rahbariyatni ogohlantirish;

- O’zR KFFH MDA hamda idoraviy arxivlarda bo’lim faoliyatiga tegishli bo’lgan yig’ilishlarda ishtirok etish.

 Bo’lim o’ziga yuklatilgan vazifalarni arxivning boshqa tarkibiy bo’linmalari bilan o’zaro  hamkorlikda faoliyat yuritadi.